Qanday mahsulotlar qarishni tezlashtiradi?
Salomatlik
−
23 Sentabr
10085Shakar, trans yog‘lar, qahva, kofeinli va spirtli ichimliklar, o‘ta sho‘r mahsulotlar, qovurilgan kartoshka hamda qayta ishlangan go‘sht kabi mahsulotlar inson salomatligiga ta’sir qilib, organizmning qarish jarayonlarini tezlashtiradi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
Shuningdek, bu ro‘yxatga ustki qobig‘i och jigarrang bo‘lguncha qovurilgan yoki pechda pishirilgan barcha taomlarni qo‘shish mumkin.
Shakar va barcha shakarli mahsulotlar. Desert va boshqa shakar qo‘shilgan mahsulot organizm glikatsiya jarayonini ishga tushiradi va AGE hamda RAGE molekulalarini to‘play boshlaydi.
Ular yig‘ilgan joyda yallig‘lanish jarayoni doimiy ravishda saqlanib, organlarning normal ishlashi buziladi. Glyukoza oqsillar va lipidlar bilan bog‘lanadi, bu esa terining elastikligiga bevosita bog‘liq bo‘lgan kollagenga halokatli ta’sir ko‘rsatib, erta ajin tushishiga olib keladi.
Trans yog‘larнинг asosiy manbalari – fast-fud va margarin hisoblanadi. Bu mahsulotlar ham qarish jarayonini tezlashtiradi, chunki ular qon tomirlarini toraytirib, uning oqishini tezlashtiradi. Oqibatda yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishi xavfi ortadi.
Qahva va kofeinli ichimliklar (energetiklar) Kofeinning ko‘p miqdori tana hujayralarining suvsizlanishiga, bu esa moddalar almashinuvining buzilishiga olib keladi. Terining erta qarishini oldini olish uchun har qahva ichgandan keyin bir stakan suv ichish muhimligi aytilgan. Energetik ichimliklardan esa butunlay voz kechish kerakligi ta’kidlangan.
Spirtli ichimliklarни muntazam ichish jigarga jiddiy ta’sir qiladi. Alkogol mahsulotlari jigarda toksinlarni to‘planishiga, bu esa organizmda yallig‘lanish jarayonlari boshlanishi va turli kasalliklarni olib keladi.
O‘ta sho‘r mahsulotlar (pishloq, pitssa (peperoni), chips, krekerlar) Tuz tanadagi suvni ushlab qoladi va bu hujayralarning qisqarishiga olib keladi. Oqibatda tanada suvsizlanish yuzaga keladi. Bu esa qarish jarayonini tezlashtiradi.
Qayta ishlangan go‘sht (kolbasa, sosiska va bekon) mahsulotlarida ortiqcha tuz va konservantlar mavjud bo‘lib, bu mahsulot tanada suvsizlanishga olib keladi va yallig‘lanishga olib keladi.
Bildirilishicha, odatda uzoq va sog‘lom umr ko‘rishni targ‘ib qiluvchi mutaxassislar tez qovurilgan yoki bug‘da pishirilgan taomlarni iste’mol qilishni tavsiya qiladi.
Shohjahon Majidov
LiveBarchasi