Qanday holatlar jigarni tekshirish kerakligidan darak beradi?
Salomatlik
−
12 fevral 2022
32546Jigarning vazifasi zararli moddalarni zararsizlantirishdir. Agar u bunday qilmasa, u holda birinchi navbatda zararli moddalarga eng sezgir organ — miya faoliyati buzilishi kuzatiladi. Bu haqda gepatolog, gastroenterolog, Yevropa jigarni o‘rganish jamiyati va Amerika gastroenterologiya assotsiatsiyasi a’zosi Sergey Vyalov ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, yuqoridagi holat kuzatilsa, ensefalopatiya deb ataladigan narsa boshlanadi: bunda diqqat konsentratsiyasi pasayadi, xotira yomonlashadi, odam asabiylashadi, hech narsaga e’tiborini qarata olmaydi.
“Organizmni toksinlardan, ortiqcha gormonlardan tozalash, xolesterin sintezi — jigar juda ko‘p funksiyalarga ega. Ehtimol, bilish kerak bo‘lgan eng muhim narsa shundaki, bu organ muammolar globallashib ketmaguncha zarar ko‘rmaydi. Jigar bilan bog‘liq muammolarni bilvosita ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan bir nechta alomatlar mavjud: ko‘zlar va terining sariq rangi, qo‘llarning tushunarsiz titrashi, yoqimsiz ta’mning paydo bo‘lishi. Ammo bu belgilarning barchasi ham jigarda ba’zi muammolar borligini aytmaydi. Bu shunchaki tekshirish kerakligi haqidagi signallar”, degan Vyalov.
Unga ko‘ra, jigarning “parchalanishi” boshlanishiga olib keladigan turli sabablar mavjud.
“Eng keng tarqalgani spirtli ichimliklardir. Bundan tashqari, yog‘lar. Yog‘ni ko‘p iste’mol qiladigan odam semiz bo‘lishi shart emas, chunki yog‘lar organlarning ichida to‘planib qoladi, bu ham muammolarga olib keladi. Yog‘, shuningdek, jigarda to‘planishi, uning hujayralarida to‘planishi, u yerda oksidlanishi mumkin va bu hujayralar nobud bo‘lishiga olib keladi”, deb tushuntiradi doktor Sergey Vyalov.
Unga ko‘ra, bundan tashqari, xavfli ishlab chiqarishda ishlaydigan, ko‘p miqdorda dori-darmonlarni qabul qilishga majbur bo‘lgan yoki past sifatli mahsulotlar bilan zaharlangan odamlarda mumkin bo‘ladigan jigar kasalliklariga alohida e’tibor berilishi kerak.
LiveBarchasi