Qanaqa korrupsiya? – Ortiqova qamoqdan afv etilganlarning ro‘yxati qanday shakllantirilishini ochiqladi

Jamiyat

So‘nggi yillarda jinoyat sodir etgan shaxslarni afv etish bo‘yicha 8 ta farmon qabul qilinib, 4 mingdan ziyod shaxs jazoni o‘tash joylaridan ozod qilindi. Umumxalq bayramlari arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzolashi an’anaga aylangan. Xo‘sh, afv etilganlar ro‘yxatini shakllantirish qanday amalga oshiriladi? Bunda korrupsion holatlar uchraganmi? Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova bilan o‘tgan matbuot anjumanida shu haqda so‘z bordi. 

“Komissiya a’zolari safida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, jamoatchilik faollari, nodavlat notijorat tashkilotlar rahbarlari va boshqa mutaxassislar mavjud. Bu masalada bo‘yicha korrupsiya bo‘lishi mumkin emas.

Siz shunday jazoni o‘tash muassasalariga boring. Ularning sharoiti bilan tanishing. Ularning ko‘zini ko‘ring. Ularning sizning oldingizda turishini ko‘ring. Qanaqa korrupsiya?

Lekin Prezidentning oldiga mana shu toifadagi (afvga tavsiya etilayotganlar nazarda tutilmoqda) hujjatlarni taqdim qilishda bular bilan bittalab tanishishim kerak. Minbardan turib biror inson bilan uzoqdan gaplashishni yoqtirmayman. Pastga tushib, uning ko‘zini ko‘rishim kerak. Chunki, ko‘z ko‘p narsani aytadi. To‘g‘rimi? 

Shu sababli bunday muassasalarga borib ko‘rishni ma’qul ko‘raman. Ma’muriyat bilan suhbatlashish kerak. Birgalikda jazoni o‘tayotgan insonlar bilan gaplashish zarur. Buning usullari (afvga tavsiya etilgan shaxsni o‘rganish usullari haqida aytmoqda) ko‘p. Barchasini ochiqlay olmaymiz. Kelajakda komissiya a’zosi bo‘ling, barchasini tushunasiz”, deydi Svetlana Ortiqova.

Ma’lumot uchun, 2018 yilning 8 mayida O‘zbekiston Ruspublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi NIZOM tasdiqlangan. Afv etish komissiyasi faoliyatini mazkur nizom asosida olib boradi.

Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi maslahat-kengashi organi hisoblangan Komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Komissiyaning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Komissiya tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, shuningdek, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi va Xotin-qizlar qo‘mitasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi hamda «Nuroniy» jamg‘armasi vakillari kiritiladi.

Komissiya tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, shuningdek, boshqa davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari hamda boshqa shaxslar ham kiritilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Oliy Majlis Svetlana Ortiqova

Baholaganlar

98

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing