Qamoqxonadan ISHIDchilar qo‘yib yuborildi – mansabdor
Jamiyat
−
15 Oktabr 2019
8201Kurd kuchlari Suriya shimoliyadagi Tell-Ab’yaddagi qamoqxonadan ISHID jangarilarini ozod etdi. Bu haqda RIA Novosti Turkiyaning yuqori lavozimdagi shaxslariga tayanib xabar bermoqda.
Mansabdorning ta’kidlashicha, kecha, 14 oktyabr kuni ertalab Turkiya qo‘shinlari qamoqxonaga hujumni boshlashdi, ammo bundan avval (PKK) Kurdiston ishchilar partiyasi jangarilari mintaqada vahima solish maqsadida terrorchilarni qo‘yib yuborishdi.
“Joyida o‘tkazilgan ekpertiza mahbuslar eshiklarni sindirishmaganini ko‘rsatdi. Qo‘riqchilar, avval tahdid qilganidek, ISHID jangarilarni qo‘yib yuborishganga o‘xshaydi”, deydi suhbatdosh.
LiveBarchasi