“Qamchiq” dovonida yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

3-sahifa

image

Kecha, 8 aprel kuni “Qamchiq” dovonida yuk avtomobili ag‘darilib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, ushbu yo‘l-transport hodisasi soat 19:50 da Toshkent-vodiy yo‘nalishida harakatlangan Mercedes-Benz yuk avtomobili haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga zudlik bilan FVV qutqaruvchilari yetib borib, maxsus texnikalar yordamida hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qamchiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing