Qamchiq dovonida bir kechada 13 ta mashina YTHga uchradi

Jamiyat

image

Joriy yilning 13 dekabr kuni soat 19:00 dan 14 dekabr soat 9:00 ga qadar A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 258, 259 va 265 km hududlarida jami 3 ta holatda, 13 ta turli rusumdagi avtotransport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, yo‘l-transport hodisalariga muzlama yo‘llarda boshqaruvni yo‘qotish sabab bo‘lgan. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi va boshqa tegishli tashkilot xodimlari zudlik bilan yetib borib, YTH oqibatlarini bartaraf etgan.

Xabarga ko‘ra, yuzaga kelgan yo‘l-transport hodisalari oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini va xushyorlikni yo‘qotmasliklarini so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

128

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing