“Qamchiq” dovonida 4 ta avtomobil YTHga uchrab yonib ketdi (video)

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

“Qamchiq” dovonida yuk mashinasi va uchta yengil avtomobil ishtirokida yo‘l transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Aniqlanishicha, voqea bugun, 6 aprel kuni soat 11:10 atrofida “Toshkent – O‘sh” xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoniga o‘tuvchi 259-kilometrida sodir bo‘lgan. To‘qnashuv oqibatida lak-bo‘yoq mahsulotlarini olib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketgan.

FVVning yong‘in-qutqaruv guruhlari voqea joyiga yetib borib, 25 daqiqa ichida yong‘inni o‘chirgan. O‘chirish vaqtida dovonning bir tomoni vaqtincha yopilgan.

Dovonda soat 12:30 da transport harakati tiklangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTHda 6 kishi jabrlangan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH “Qamchiq” dovoni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing