“Qamchiq” dovonida harakatlanayotgan haydovchilar ogohlantirildi
Jamiyat
−
13 noyabr
6241“Qamchiq” dovonida yomg‘ir va qor yog‘ayotgani sababli haydovchilarda tezlikni me’yordan oshirmaslik so‘raldi. Bu haqda "Qamchiqavtoyo‘l IYFK" xabar berdi.
Qayd etilishicha, A-373 “M-39 a/y.- Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh” avtomobil yo‘lining 171-205 kilometrlari va 258-294 kilometrlari oralig‘ida yomg‘ir, 205-258 kilometrlari oralig‘ida qor yog‘moqda.
Tuman, havo harorati -2 daraja, yo‘llarda ko‘rish masofasi 900 metrni, shamol 3-10 m/s, namlik 87 foizni tashkil etmoqda. Qor yog‘ib turgan paytda dovonda avtotransport vositalarining to‘xtovsiz ikki tomonlama harakatlanishini ta’minlash maqsadida “Qamchiqavtoyo‘l IYFK” DM tomonidan yo‘l qoplamasida sirpanchiq bo‘lmasligi uchun tunu-kun mashina-mexanizmlar yordamida yo‘l qoplamasini qordan tozalash va qum-tuz aralashmasi sepish ishlari amalga oshirilmoqda. Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.
“Qamchiq” dovoni orqali harakatlanayotgan barcha haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda tezlikni me’yordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini va barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini tavsiya qilamiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 6 noyabr kuni soat 4:55 larda A-373 avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni hududidan o‘tuvchi 238,5-kilometrida ko‘chki yuz bergandi. “Vodiy – Toshkent” yo‘nalishida tog‘ qiyaligidan yog‘ingarchilik natijasida namlanish hisobiga nomustahkam tosh – tuproq aralashmasi ko‘chkisi kuzatilgan. Ko‘chki yo‘lning xandaq qismiga tushgan bo‘lib, harakat xavfsizligiga ta’sir yetmagan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr