“Qamchiq”dan o‘tayotgan haydovchilar ogohlantirildi

Jamiyat

image

“Qamchiq” dovoni orqali harakatlanayotgan haydovchilardan tezlikni me’yordan oshirmaslik, oraliq masofani saqlab harakatlanish so‘raldi. Bu haqda “Qamchiqavtoyo‘l IYFK” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, A373 “Toshkent-Ohangaron-Angren-Qo‘qon-Shaxrixon-Andijon” avtomobil yo‘lining 115—163 kilometrlari oralig‘ida kuchli qor yog‘moqda.  Tuman, havo harorati -2 daraja, yo‘llarda ko‘rish masofasi 300 metrni, shamol 3-16 m/s ni, namlik 88 % ni tashkil etmoqda.

“Qamchiqavtoyo‘l IYFK” DM “Qamchiq" dovoni orqali harakatlanayotgan barcha haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda tezlikni me’yordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini va barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini tavsiya qiladi”, deyiladi xabarda.

Qor yog‘ib turgan paytda dovonda avtotransport vositalarining to‘xtovsiz ikki tomonlama harakatlanishini ta’minlash maqsadida “Qamchiqavtoyo‘l IYFK” DM tomonidan yo‘l qoplamasida sirpanchiq bo‘lmasligi uchun tunu-kun mashina-mexanizmlar yordamida qum-tuz aralashmasi sepish va qordan tozalash ishlarini amalga oshirishmoqda. Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish bilan chiqib, 2025 yilning 6-11 mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qamchiq haydovchilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing