“Qamchiq”dagi sel oqibatida poyezdni elektr bilan ta’minlovchi tayanch ustuni quladi
Jamiyat
−
07 may 2022
4392Joriy yilning 4 may kuni soat 21:30 larda “Qamchiq” dovonida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida “Angren-Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘lining 19 km. "Ko‘l" stansiyasiga olib boruvchi avtomobil yo‘lining yuvilishi oqibatida poyezdni elektr quvvati bilan ta’minlovchi tayanch ustuni qulagan.
Yuzaga kelgan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida tezkor shtab tuzilib, "Qamchiq" MQYOQB va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ maxsus avariya-tiklash brigadasi va muhandislik texnikalari bilan yo‘lda ta’mirlash ishlari olib borilib, elektr tayanch ustuni, hamda yo‘l ostidan qo‘shimcha sel o‘tkazgich qurish ishlari amalga oshirilgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Shuningdek, avtomobil yo‘lida sel, toshqin oqibatlarini bartaraf etish va yog‘ingarchilik suvlarini betalofat o‘tkazib yuborish maqsadida, suv o‘tkazish inshootlarini va kyuvetlarni tozalash tadbirlari olib borilgan.
Qayd etilishicha, dovon hududida hodisa oqibatlarini bartaraf etish tadbirlari davom etmoqda.