“Qamchiq”da yuk mashinasi xandaqqa tushib ketdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 24 may kuni “Qamchiq” dovonida HOWO rusumli yuk avtomashinasi xandaqqa tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 10:15 da A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan qismida “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlangan HOWO rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning xandaq qismiga tushib ketgan. Shundan so‘ng u amaliy yordam zarurligi to‘g‘risida “Qamchiq” maxsus-qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga xabar bergan.

Xabarga asosan, qutqaruv otryadi aytilgan manzilga yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida yuk avtomashinasi xandaqdan olib chiqilgan. Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Qamchiq” dovonida Cobalt mashinasi xandaqqa tushib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qamchiq yuk mashinasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing