Qamchibek Tashiyevning ukasi deputatlikdan ketadi
Olam
−
14 mart 3482 2 daqiqa
Bugun, 14 mart kuni Qirg‘isiton Milliy xavfsizlik davlat qio‘mitasining sobiq rahbari Qamchibek Tashiyevning ukasi Shoirbek Tashiyev mamlakat parlamenti deputatligidan ketadi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 14 mart kuni Markaziy saylov komissiyasining yig‘ilishi o‘tkazilishi va unda Tashiyevni mandatidan mahrum qilish masalasi ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.
U kecha, 13 mart kuni Ichki ishlar vazirligiga so‘roqqa chaqirilgan edi. Suhbatdan so‘ng u qo‘yib yuborilgan. Ichki ishlar vazirligi hozircha deputat bilan bog‘liq tadbirlar yuzasidan izoh bermagan. Shuningdek, u qaysi jinoyat ishi doirasida va qanday maqomda – guvoh yoki gumonlanuvchi sifatida ishtirok etgani ham aytilmagan.
Shoirbek Tashiyev oldinroq intervyusida deputatlik mandatini topshirishi haqida to‘xtalib o‘tgan.
“Mening 24 ming 300 nafar saylovchim bor. Faqat ular menga “Mandatingni topshir”, deb aytish huquqiga ega. Agar shu odamlar imzo to‘plab, menga ishonmasliklarini bildirishsa, bu masalani ko‘rib chiqishga tayyorman. Ammo birovning talabi bilan ketmayman”, degan edi Shoirbek.
Shuningdek, u parlamentga o‘z saylovchilari manfaatlarini himoya qilish va ular uchun ishlash maqsadida kelganini ta’kidlagan.
“Men o‘z xalqimga xizmat qilish uchun keldim. Faqat ular mening ish faoliyatimni baholashi mumkin”, deya qo‘shimcha qilgan sobiq deputat.
Tashiyev Qirg‘iziston siyosatidagi taniqli shaxslardan biri bo‘lib, u Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq raisi Qamchibek Tashiyevning ukasi hisoblanadi. Qamchibek Tashiyev esa mamlakat siyosiy hayotida muhim rol o‘ynagan siyosatchilardan biri sifatida tanilgandi. U avvalroq Prezident Sadir Japarov tomonidan lavozimidan ozod etilgan edi.
Live
Barchasi