Qamchibek Tashiyevning ukasi hibsga olindi

Olam

image

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq raisi Qamchibek Tashiyevning ukasi sobiq deputat Shoirbek Tashiyev “Qirg‘izneftegaz”dagi korrupsiya holatlari yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish doirasida hibsga olindi. Bu haqda “24.kg” xabar qildi.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hozirda u Bishkek shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

Jinoyat ishiga Davlat soliq xizmati olib borgan tergov asos bo‘lgan. Unda 2021–2025 yillar davomida “Qirg‘izneftegaz”da yirik miqdordagi talon-torojliklar aniqlangan.

Tergov materiallariga ko‘ra, davlat kompaniyasiga vositachi orqali mahsulotni arzon olib, qimmat sotish va xomashyoni shubhali tarzda hisobdan chiqarish orqali 4 milliard som (taxminan 550 mln so‘m)dan ortiq zarar yetkazilgan. Moliyaviy operatsiyalar tahlili daromadlarni xususiy tuzilmalarga chiqarib yuborishning uchta kanalini aniqlagan. Tergov bu tuzilmalarni Qamchibek Tashiyev atrofidagi shaxslar bilan bog‘lamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston parlamenti deputati Shoirbek Tashiyev Ichki ishlar vazirligi tomonidan so‘roqqa chaqirilgandi. Biroq uning aynan qaysi jinoiy ish doirasida so‘roq qilingani aytilmagan.

Shundan so‘ng u yana so‘roqqa chaqirilgandi. Bu safar u guvoh sifatida chaqirilgan va qaysi ish yuzasidan tergov harakatlari olib borilgani ma’lum qilinmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston hibs Shoirbek Tashiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing