Qachon YPX xodimi haydovchining mashinadan tushishini talab qilishi mumkin?

Jamiyat

image

Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilinishicha, quyidagi hollarda yo‘l-patrul xizmati xodimi haydovchi yoki yo‘lovchilardan transport vositasi kabinasidan chiqishini talab qilishga haqli:

•    transportdagi texnik nosozlikni va yuk tashish qoidasi buzilganligini bartaraf etish maqsadida;

•    haydovchi transportni mast holda boshqarayotgan deb hisoblashga yetarli asoslar mavjud bo‘lganda;

•    transportning dvigatel va agregat qismlari raqamlarini ro‘yxatlash hujjatlarida yozilgan raqamlar bilan farq aniqlangan taqdirda bevosita haydovchi ishtirokida solishtirish maqsadida;

•    transport vositasiga tegishli hujjatlar yoki unda olib ketilayotgan yuk hujjatlari mavjudligini tekshirish zarurati yuzaga kelganda;

•    haydovchi yoki yo‘lovchi jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotganda;

•    haydovchining transport vositasi kabinasida bo‘lishi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga tahdid solishi (charchoqlik va betoblik) mumkin bo‘lgan hollarda.


Maqola muallifi

Teglar

YPX Huquqiy axborot

Baholaganlar

168

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing