Niqob taqmagan Ronaldu ogohlantirildi (video)

Sport

5 sentyabr kuni Portugaliya va Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Krishtianu Ronaldu o‘ng oyog‘ini asalari chaqqani sabab qatnasha olmadi. 

Futbolchi o‘yinni tribunada o‘tirib, niqob taqmagan holda kuzatdi. Shu vaqtda stadion xodimasi uning yoniga kelib, niqobini taqib olishini so‘radi. U esa ogohlantirishni rad etmay, yonidagi o‘rindiqda turgan niqobini yuziga taqdi. Ushbu holat aks etgan video esa ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. 

Millatlar ligasida ishtirok etayotgan Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush to‘purar Krishtianu Ronalduning ahvoli haqida ma’lumot berdi.

 "Ronaldu mashg‘ulotlarni boshladi va o‘zini juda yaxshi his qilmoqda. U biz bilan birga Shvetsiyaga boradi", deydi bosh murabbiy.

Portugaliya Shvetsiyaga qarshi safar uchrashuvini joriy yilning 8 sentyabr kuni o‘tkazadi.

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ronaldu Krishtianu Ronaldu

Baholaganlar

283

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing