JSST Yevropa mintaqaviy byurosining Istanbuldagi yig‘ilishlaridan biriga Shodmonov raislik qildi
Jamiyat
−
14 fevral 2019
6284Turkiyaning Istanbul shahrida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosining Sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlardan odamlarni himoya qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirish mavzusiga bag‘ishlangan oliy darajadagi vazirlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda JSST Yevropa mintaqaviy byurosiga a’zo 53 davlatning sog‘liqni saqlash vazirlari, xalqaro ekspertlar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etmoqdi.
Mazkur uch kunlik yig‘ilishda tibbiyot sohasida global darajadagi masalalar atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.
Muhokamalar sessiyalarga bo‘lingan holda davom etdi. Yakunlovchi yalpi majlis O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov raisligida o‘tgan. Majlisda mintaqada salomatlikni asrash borasida 2023 yilgacha va undan keyingi rivojlanish bosqichlari muhokama etilgan.
Oliy darajadagi vazirlar yig‘ilishi davom etmoqda.