Karantinga yopilgan Gulistonni dezinfeksiya qilish boshlandi
O‘zbekiston
−
28 Mart 2020 6716 1 daqiqa
Avvalroq, Sirdaryo viloyatining ma’muriy markazi Guliston shahri koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi chora-tadbirlar doirasida yopilgani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 28 mart kuni Guliston shahridagi qator hududlarda dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Guliston shahri Bo‘ston mahallasidagi aholi ko‘p to‘planadigan maskanlar, bolalar o‘yingohlari, ko‘p qavatli aholi yashash xonadonlari atroflari, kirish yo‘laklari, shuningdek, viloyat markaziy shifoxonasi va viloyat bolalar shifoxonasi hududlarida dizinfeksiya ishlarini olib borildi.
Shuningdek, Guliston Davlat universiteti hududlarda ham dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi.

Qayd etilishicha, FVB xodimlari Sanitariya-epidemiyalogik osoyishtalik markazi xodimlari bilan birgalikda avtovokzallar, savdo markazlari, dehqon bozorlari, ko‘p qavatli aholi yashash xonodonlari atroflari, kirish yo‘laklari, hamda hududga kirgan avtomashinalarini belgilangan tartibda har kuni dezinfeksiya qilishmoqda.
Jamoat joylarini dezinfeksiyalashda esa boshqarmaga qarashli “Isuzu” maxsus yong‘in o‘chirish avtomobillaridan foydalanilmoqda.

Live
BarchasiZangiotadagi binoda yong‘in chiqdi
15 Noyabr
Sudan armiyasi nazoratni qayta tikladi
15 Noyabr
Qora dengizda dron kemaga hujum qildi
15 Noyabr