Koronavirusdan vafot etganlar 200 mingdan oshdi. Qurbonlar soat sayin ortmoqda

Olam

image
Erishilgan natijalar tibbiyotimizning yutug‘i emas – Burxonov (intervyu) north_east

Erishilgan natijalar tibbiyotimizning yutug‘i emas – Burxonov (intervyu)

Yangi turdagi koronavirus COVID-19 infeksiyasi oqibatida vafot etganlar dunyo miqyosida 200 mingdan oshib ketdi. Ayni vaqtdagi o‘lim holati bo‘yicha so‘nggi raqamlar 202 368 tani tashkil etmoqda. Kasallanish kabi o‘lim holati bo‘yicha ham AQSH yuqori o‘rinni qayd etib turibdi.  

Ayni vaqtda AQSHda ushbu kasallikdan vafot etganlar 53 549 nafarni tashkil etmoqda. Ushbu miqdorning 32 foizi Nyu-Yorkka to‘g‘ri kelmoqda. Mamlakatda koronavirusga chalinganlar 933 933 nafarni tashkil etmoqda. 

Ikkinchi o‘rinni esa Italiya zabt etmoqda. Mamlakatda 195 351 nafar bemorning 26 384 nafari yoki 13,5 foizi vafot etgan. 

Keyingi o‘rinda esa Ispaniyani ko‘rish mumkin. Ushbu davlatda 223 759 kishi koronavirus bilan kasallangan bo‘lsa, ularning 22 902 nafari yoki 10,2 foizi vafot etgan. 

Fransiyada kasallanganlarning 14 foizi vafot etgan. Bugunga kelib 159 957 kishi koronavirusga chalingan bo‘lsa, 22 648 kishi vafot etgan. 

O‘lim holati bo‘yicha beshinchi o‘rinni Buyuk Britaniya egallab turibdi. Mamlakatda 149 559 kishi koronavirusga chalingan. Ulardan 20 381 nafari yoki 13,6 foizi esa vafot etgan. 

Keyingi o‘rinlarda esa Belgiya (6 917), Germaniya (5 873), Eron (5 651), Xitoy (4 636), Niderlandiya (4 424) bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

458

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing