Hojatxona uchun chuqur qaziyotgan aka-ukalarni tuproq bosib qoldi. Qurbon bor

Jamiyat

image

Hojatxona uchun chuqur qazish jarayonida ikki aka-ukani tuproq bosib qoldi. Voqea natijasida 36 yashar aka vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

2020 yil 17 fevral kuni soat 13:50da Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida joylashgan “Karvon” savdo majmuasi hududida 3 nafar aka-ukalarning hojatxona uchun chuqur qazish jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasliklari oqibatida 2 nafarini tuproq bosib qolgan.

Hodisa yuzasidan Qashqadaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasining qutqaruv guruhi qisqa vaqt ichida voqea joyiga yetib borib, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro A.I.ni qutqarib olishdi. Afsuski, tuproq ostida qolgan boshqa bir fuqaro 1984 yilda tug‘ilgan A.I. hodisa yuz bergan joyda halok bo‘lgan.

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

FVV Hojatxona

Baholaganlar

351

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing