“Yuragi otni kallasidek” haydovchi jarimaga tortildi (video)

Jamiyat

Kecha, 8 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani hududidagi suv quvuri ustidan harakatlanib o‘tgan Spark rusumli avtomobil tasvirlangan video lavha tarqaldi. Ichki ishlar vazirligining YHXBB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Unda ta’kidlanishicha, holat 4 aprel kuni Qarshi tumani, Tokzor MFY hududida yuz bergan. Spark haydovchisi J.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 128-5-moddasi 2-qismiga ko‘ra bayonnoma tuzilib, 2 230 000 so‘m jarima belgilandi.

Kelgusida boshqa haydovchilar ham o‘z salomatligini xavf ostiga qo‘ymasliklari maqsadida ushbu quvur usti tuman IIB YHXB xordimlari tomonidan to‘sib qo‘yildi.


Maqola muallifi

Teglar

karantin Qarshi

Baholaganlar

415

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing