JCH o‘zbekistonliklar uchun muvafaqqiyatli yakunlandi

Sport

image

AQSHning Las-Vegas shahri mezbonlik qilgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi JCH o‘z yakuniga yetdi. E’tiborlisi musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar muvafaqqiyatli ishtirok etishdi. 

Biroz avval o‘zbek og‘ir atletikachilaridan Tursunoy Jabborova 81 kg gacha vaznda 1 ta oltin, 2 ta kumush medallarini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Mirhosil Mirzaboyev esa teria jamoa hisobiga 2 ta bronza medalini qo‘shib qo‘ydi.

MOQ Matbuot xizmati xabar berishicha, O‘zbekistonlik atletlar ushbu dunyo birinchiligida umumjamoa hisobida jami 16 ta medal jamg‘arishga muvaffaq bo‘lishdi. Shulardan 8 tasi oltin, 6 tasi kumush, va 2 tasi bronza medallaridir. 

JCHda shohsupaga ko‘tarilgan o‘zbek sportchilarining to‘liq ro‘yxati quyidagicha:

Og‘abek Nafasov – 2 ta kumush
Nigora Abdullayeva – 3 ta oltin
Asadbek Narimonov – 1 ta oltin, 2 ta kumush
Kumushxon Fayzullayeva – 3 ta oltin
Tursunoy Jabborova – 1 ta oltin, 2 ta kumush
Mirhosil Mirzaboyev – 2 ta bronza


Maqola muallifi

Teglar

Las-Vegas jahon chempionati

Baholaganlar

39

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing