Tramp sudi nihoyasiga yetdi
Olam
−
06 fevral 2020
10140AQSH Kongressi Senati Prezident Donald Trampni impichment jarayonida unga qo‘yilgan har ikki ayblov bo‘yicha oqladi. Shu tariqa Oq uy xo‘jayini lavozimidan olinib, jazonlanmaydigan bo‘ldi.
Senatorlar impichment ishini o‘ziga xos sud jarayonida ko‘rib chiqib, Trampni vakolatini suiiste’mol qilish va Kongress ishiga to‘siq bo‘lish bo‘yicha aybsiz deb topdi. Shu tariqa bir necha davom etgan impichment jarayoni yakunlandi.
Prezidentni hokimiyatdan olib tashlash uchun senatorlarning uchdan ikki qismining ovozi kerak edi. Qayd etish kerakki, Senatda ko‘pchilikni tashkil qiluvchi respublikachilar avval boshidan Trampga impichment e’lon qilish niyatida emasdi.
Tramp impichmenti
2019 yilning dekabr oyida Kongress quyi palatasidagi demokratlar ikki punkt bo‘yicha Trampga impichment e’lon qildi. Demokratlar Trampni Ukrainaga yuborilishi kerak bo‘lgan harbiy yordamni rasmiy Kiyevga bosim o‘tkazish uchun ushlab turishda aybladi. Ular Tramp Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiydan siyosiy raqiblari Jo va Xanter Baydenlarga qarshi surishtiruv boshlashni so‘raganini iddao qildi. Shuningdek, Prezidentga impichment bo‘yicha surishtiruvlarga halal berish ayblovi ham qo‘yildi.
Trampning o‘zi Zelenskiydan korrupsiyaga qarshi kurashni so‘raganini aytdi. Shu tariqa Tramp AQSH tarixida impichment e’lon qilingan uchinchi Prezident bo‘ldi.
LiveBarchasi