Rossiyada O‘zbekiston bayrog‘ini silkitib bayram qilganlar jazolandi

Olam

image

Sankt-Peterburg ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Yangi yilni Dvorsoviy maydonida o‘tkazgan va turli ma’muriy qoidabuzarliklar sodir etgan 14 nafar O‘zbekiston va Tojikiston fuqarosiga nisbatan bayonnomma tuzishdi.

“Fontanka” nashri taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, qo‘lga olingan 14 nafar migrant boshqa minglab migrantlar singari Dvorsoviy maydonida bayram tantanalarini nishonlashgan. Ichki ishlar xodimlari esa ularni videotasvirga tushirgan. Tanishining yelkasiga o‘tirib olib, O‘zbekiston bayrog‘ini hilpiratayotgan migrantlar ularning e’tiboriga tushgan. 

Peterburg IIB “E” ichki ishlar bosh boshqarmasi ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi - “E” markaziga ushbu odamlarga e’tibor qaratishni tavsiya qilgan.

Qo‘lga olingan markaziy osiyolik 14 migrantning har biri qandaydir qoidabuzarlik sodir etgani aniqlangan. Kimdir migratsiya hisobiga turishda yolg‘on ma’lumotlar taqdim qilgan bo‘lsa, yana kimdir Rossiya hududiga kirishda qoidabuzarlik qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qoidabuzarlarning 3 nafari Rossiya hududidan majburiy chiqarib yuborish “jazosini olgan”, bir kishiga nisbatan mustaqil chiqish hukmi chiqarilgan. Bundan tashqari, ularning ayrimlarini Rossiya hududida qolishi muddati qisqartirilgan bo‘lsa, ayrimlarini Rossiya hududiga qayta kirishni taqiqlash masalasi ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya O'zbekiston bayrog'i

Baholaganlar

461

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing