Izmirdagi restoranda portlash bo‘ldi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
01 iyul
8255Kecha, 30 iyun kuni Turkiyaning Izmir shahridagi restoranlardan birida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “SonDakika” xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, portlash oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘lgan, 63 kishi yaralangan. Turkiya Ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya jarohatlanganlarning ahvoli og‘ir ekanini ma’lum qilgan.
“Tangri hayotdan ko‘z yumgan fuqarolarimizni o‘z rahmatiga olsin, yaradorlarimizga esa tezroq sog‘ayib ketishini tilayman”, deb yozgan Yerliqoya o‘zining X’dagi sahifasida.
Keltirilishicha, avtomobillar va atrofdagi uylarga ham zarar yetgan. Kuchli portlash ovozini eshitganlar qo‘rquv va vahima ichida ko‘chaga chiqishgan.
Hududda yashovchi odamlar evakuatsiya qilingan. Vazir jurnalistlarga bergan intervyusida hozirda tergov davom etayotganini bildirgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga gaz balloni sabab bo‘lgan.
Hozirda gumonlanuvchi shaxs qo‘lgan olingan va tergov ishiga ikki nafar prokuror tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokiston janubi-g‘arbidagi ko‘mir konida yuz bergan portlash oqibatida 12 konchi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi