Izmir fojiasi. Qurbonlar soni 100 nafarga yetdi

Olam

image

Turkiyada sodir bo‘lgan zilzila 100 kishini hayotdan olib ketdi. Jarohat olgan 994 kishidan 847 kishiga shifoxonalardan uylariga javob berildi. 147 kishi davolanishda davom etmoqda. Bu haqda “Yenisafak” xabar bermoqda.

Turkiyaning Favqulodda vaziyatlar va ofatlar agentligi Izmir zilzilasi qurbonlari soni 100 kishiga yetganligini ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 30 oktyabr kuni sodir bo‘lgan 6,6 balli zilziladan so‘ng, jami 1464 ta yer osti silkinishi qayd etilgan, ularning 44 tasi 4 balldan yuqori bo‘lgan.

Izmirda qidiruv-qutqaruv ishlari 17 binoning 12 tasida yakunlandi.

Avvalroq, 2 noyabr kuni Izmirda yuz bergan zilzila vaqtida qulab tushgan binolar qurilishiga aloqador to‘qqiz kishi hibsga olingani, qurbonlar soni 91 nafarga yetgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya zilzila Izmir

Baholaganlar

52

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing