Ijodiy imtihoni testga o‘zgartirilgan abituriyentlarga 4 tagacha yo‘nalish tanlash imkoniyati berildi

Jamiyat

image

Kasbiy (ijodiy) imtihonlari test sinoviga almashtirilgan 12 ta yo‘nalishga hujjat topshirgan abituriyentlarga fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan qo‘shimcha yana to‘rttagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash imkoniyati beriladigan bo‘ldi. Bu haqda Davlat qabul komissiyasi majlisining 2-son bayonida belgilandi.

Ushbu abituriyentlar 2020 yil 16 avgustga (16 avgust kuni ham) qadar abitur.dtm.uz portalidagi shaxsiy kabinetiga kirib, to‘g‘ri keladigan yana boshqa qo‘shimcha yo‘nalishlarni tanlashi mumkin.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tegishli oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan birgalikda test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash va onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun operativ tarzda xabar yetkazadi.

Eslatib o‘tamiz, bunda abituriyentlar o‘zlari avval tanlagan yo‘nalishini o‘zgartira olmaydi. Ya’ni dastlab hujjat topshirgan yo‘nalishiga mos yo‘nalishlarni tanlashi mumkin bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon abiturient

Baholaganlar

51

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing