Ijaraga olingan Monza'da qaltis manyovrlar qilgan 17 yoshli yigit jazolandi (video)

3-sahifa

image

Toshkentda 17 yoshli yigit ijaraga olingan Monza rusumli avtomobilda qaltis harakatlar amalga oshirdi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, yigit avtomobilni ijaraga olib, Bunyodkor ko‘chasi hamda Mirzo Ulug‘bek tumani hududida, TTZ va Qorasuv yo‘nalishlarida xavf tug‘diruvchi harakatlar sodir etgan. U haydovchilik guvohnomasi bo‘lmaganini, o‘zi 17 yoshda ekanini va ushbu harakatni shunchaki qiziqish uchun qilganini tan olgan.

“O‘sha kuni video qo‘yilganidan keyin meni “GAI” xodimlari topdi. Mashinada hech qanaqa hujjatim bo‘lmagan, pravam yo‘q. O‘zim 17 yoshman va bunaqa haydash shunchaki qiziqish bo‘lgan. Videoda meni ham yuzim ham tushmagan, mashina raqamim ham tushmagan, lekin baribir topishdi”, degan bola.

Mazkur holat yuzasidan YHXB qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan surishtiruv o‘tkazilib, haydovchi aniqlangan. Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-10-moddasi (Yo‘l bezoriligi) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, qoidabuzarlik sodir etilgan transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi Parkent bozori ro‘parasida joylashgan chorrahadan o‘ta yuqori tezlikda harakatlanib, piyodani urib yuborishiga sal qolgan Tesla haydovchisi chorasi ko‘rilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing