Ijaraga berilgan yerni pullamoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
04 mart 1884 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida 200 mln so‘mga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.V. dehqonchilik qilish sharti bilan boshqa fuqaroga 30 yilga ijara shartnomasi asosida ajratilgan 80 sotix yer maydonini tanishlari yordamida fuqaro B.Q. ning nomiga rasmiylashtirib berishini va’da qilgan. Evaziga undan 200 mln so‘m so‘rab uni olgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28-211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida davlat yerini 23 ming dollarga sotishga uringan hokim yordamchisi qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi