Iyul oyida deflyatsiya kuzatildi. Narxlar qanchaga arzonlashdi?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

2021 yilning iyul oyida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,2 foizga arzonlashdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

2020 yilning iyul oyida tovarlar va xizmatlar oy davomida o‘rtacha 0,3 foizga, 2019 yilda esa 0,4 foizga arzonlashgan.

Joriy yil boshidan iste’mol sektorida narxlarning o‘sish darajasi 4,2 foizni, o‘rtacha oylik o‘sish darajasi esa 0,6 foizni tashkil etdi. Yillik nisbatda iste’mol narxlari indeksi o‘sish darajasi 11,1 foizga yetdi.

2020 yilning yanvar-iyul oylarida umumiy INI o‘sish darajasi 4,3 foizni, o‘rtacha oylik o‘sish darajasi 0,6 foizni, 2019 yilning mos davrida esa o‘sish darajasi 5,2 foizni, o‘rtacha oylik o‘sish darajasi esa 0,7 foizni tashkil etgan. 2020 yilning iyul oyida yillik umumiy INI 14,4 foizga, 2019 yilning iyulida esa 13,5 foizga yetgan.


Maqola muallifi

Teglar

narx

Baholaganlar

70

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing