Italiyalik yigit koronavirus sabab o‘z sevgilisini o‘ldirdi

Olam

image

Italiyaning Messina shahrida istiqomat qiluvchi Antonio de Pachi o‘z sevgilisini koronavirusga chalinganlikda gumon qilib, bo‘g‘ib o‘ldirdi. Qizni o‘dirgandan so‘ng, yigit o‘z joniga qasd qilishga uringan.

28 yoshli de Pachining o‘zi politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, sevgilisi Lorena Kuarantani o‘ldirganini tan oldi. Qo‘ng‘iroqdan so‘ng, huquqni muhofaza qilish xodimlari voqea joyiga yetib keldi va italiyalik o‘z joniga qasd qilishining oldini olishdi. De Pachini hozirda shifoxonaga yotqizilgan. Ta’kidlanishicha, uning ahvoli va ruhiy holati yaxshi.

Ma’lum bo‘lishicha, yigit huquq-tartibot idoralariga o‘z sevgilisini koronavirus kasalligiga chalingan deb o‘ylagani sababli o‘ldirganini aytdi. Italiya politsiyasining xabar qilishicha, fojeadan bir necha kun oldin ikki yosh koronavirusga test topshirgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, ikkalasida ham koronavirus yo‘qligi ma’lum bo‘lgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Italiyada koronavirus bilan bog‘liq 115 242 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 13 915 nafari vafot etgan, 18 278 nafari esa sog‘aygan.

 

Maqola muallifi

Teglar

Qotillik Italiya Koronavirus

Baholaganlar

2200

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing