Italiyalik taniqli murabbiy Saudiya klubini boshqaradigan bo‘ldi

Sport

image

“Yuventus” va “Milan” klublarida ishlagan 57 yoshli italiyalik murabbiy Massimiliano Allegri Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubi bosh murabbiyiga aylanadi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, “Al-Ahli” va Allegri o‘zaro hamkorlik qilish borasida kelishib olgan va shartnoma tafsilotlariga yaqin kunlarda oydinlik kiritiladi. 

Qayd etilishicha, italiyalik mutaxassis klubni 2025 yilning iyun oyida qabul qiladi va shu vaqtgacha rahbariyat bosh murabbiy vazifasini bajaruvchini tayinlaydi.

Allegri murabbiylik faoliyati davomida 14 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. U “Yuventus” va “Milan” klublarida Italiya chempionligini, kubogi va superkubogini qo‘lga kiritgan. “Yuventus” boshqaruvida mutaxassis ikki marta Yevropa Chempionlar ligasi finaliga chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Massimiliano Allegri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing