“Real” murabbiyligiga yana bir nomzod ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi bosh murabbiyligi uchun “Milan” klubi ustozi Massimiliano Allegri nomzodi ham ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda “Corriere dello Sport” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Madrid klubi italiyalik mutaxassis bilan 2019 va 2021 yillarda ham shartnoma imzolashga urinib ko‘rgan. Allegri hozirda “Milan”dagi faoliyatidan mamnun, biroq mutaxassis xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini oshirish uchun Madrid jamoasi taklifini ham ko‘rib chiqishi mumkin.

Shuningdek, “Real” bosh murabbiylik uchun germaniyalik mutaxassis Yurgen Klopp nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Real Madrid” futbolchilari Arbeloadan norozi, uning boshqaruvi ostida jamoa Ispaniya kubogidan chiqib ketgani hamda La Liga peshqadami “Barcyelona”dan to‘rt ochkoga ortda qolayotganidan futbolchilar ranjimoqda.

Ma’lumot uchun, 58 yoshli Allegri 2025 yil yozidan buyon “Milan”ni boshqarib kelmoqda.  2021-2024 yillarda u Turinning “Yuventus” klubida ishlagan, undan avval esa 2014-2019 yillarda ham “Yuventus”ni boshqargan. Uning qo‘l ostida turinliklar besh marta Italiya chempionati va Italiya kubogini, ikki bor Italiya Superkubogini qo‘lga kiritgan hamda ikki marta UEFA Chempionlar ligasi finaliga chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Massimiliano Allegri murabbiy “Milan” “Real”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing