Italiyalik sportchi 6 ta qishki Olimpiadada medal olgan ilk ayolga aylandi
Sport
−
17:37 396 1 daqiqa
Italiyalik short-trekchi Arianna Fontana qishki Olimpiya o‘yinlari tarixida oltita turli Olimpiadada medal qo‘lga kiritgan birinchi ayol sportchi bo‘ldi.
Kecha, 10 fevral kuni Italiyada o‘tkazilayotgan 2026 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarida qisqa masofali konkida uchish bo‘yicha ilk medallar jamlanmasi o‘z egalariga topshirildi. Aralash estafetada Italiya terma jamoasi g‘olib chiqdi va jamoa safida Arianna Fontana oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Bu 35 yoshli sportchining faoliyatidagi uchinchi Olimpiya oltin medali bo‘ldi. Shuningdek, uning hisobida to‘rtta kumush va beshta bronza medal ham mavjud.
Fontana 2006 yilgi Turin Olimpiadasidan 2026 yilgi Milan–Kortina Olimpiadasigacha ketma-ket oltita Olimpiadada kamida bittadan medal qo‘lga kiritib, tarixda bu natijaga erishgan birinchi ayol sportchiga aylandi. Shu tariqa, uning jami Olimpiya medallari soni 12 taga yetdi. Shundan uchtasi oltin medal. U Olimpiya o‘yinlari tarixidagi eng ko‘p sovrinli short-trekchi bo‘lib qolmoqda.
Erkaklar o‘rtasida shunga o‘xshash rekord italiyalik chanada uchish sportchisi Armin Soggelerga tegishli. U 1994 yilgi Lillehammer Olimpiadasidan 2014 yilgi Sochi Olimpiadasigacha bo‘lgan o‘yinlarda ikkita oltin, bitta kumush va uchta bronza medalini qo‘lga kiritgan.
Live
Barchasi