Italiyalik afsonaviy futbolchining uyiga o‘g‘ri tushdi
Sport
−
21 iyun
2740Italiyalik afsonaviy sobiq futbolchi Roberto Badjo qurolli o‘g‘rilikka uchradi. Bu haqda “Corriere dello Veneto” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Badjoning uyiga besh nafar qurolli kishi bostirib kirib, butun oilani garovga olgan. Sobiq futbolchi qarshilik ko‘rsatmoqchi bo‘lganida, o‘g‘rilardan biri uning boshiga to‘pponchaning orqa qismi bilan urib, futbolchiga chuqur jarohat yetkazgan.
Shundan so‘ng, o‘g‘rilar Badjo va uning oilasini xonalardan biriga qamab qo‘ygan va uyni tintuv qilgan. Badjo eshikni sindirganda o‘g‘rilar uydan chiqib ketib bo‘lgan. Ular zargarlik buyumlari, soatlar, pullar va boshqa shaxsiy buyumlarni o‘g‘irlagan.
Badjo politsiyaga qo‘ng‘iroq qildi, biroq hozirgacha huquq-tartibot idoralari o‘g‘rilarni topa olmadi. Italiya terma jamoasi va A Cyeriya afsonasi zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgan va unga darhol barcha zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
57 yoshli Badjo faoliyati davomida “Milan”, “Inter”, “Yuventus”, “Fiorentina”, “Vichensa”, “Bolonya” va “Breshiya” klublarida to‘p surgan. 1993 yilda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan.