Italiyadagi qishloqda kasal bo‘lish taqiqlandi
Olam
−
08 yanvar
4161Италиянинг janubidagi Belkastro qishlog‘ida yashovchi odamlarga jiddiy kasal bo‘lish man etildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Mahalliy mer Antonio Torchiya tomonidan chiqarilgan qarorga ko‘ra, Belkastro aholisi “favqulodda tibbiy yordamni talab qilishi mumkin bo‘lgan kasalliklarni yuqtirishdan saqlanishga” majbur.
Belkastro Italiyaning eng qashshoq hududlaridan biri bo‘lgan Kalabriya viloyatida joylashgan. Mer bu qarorning "albatta, hazilomuz provokatsiya" ekanligini aytgan, ammo bu chora mintaqaviy sog‘liqni saqlash tizimining yetishmovchiliklarini ko‘rsatish uchun yaxshi chora.
Shuningdek, yangi qarorda aholi “zararli xatti-harakatlardan saqlanish”, “sayohat qilish yoki sport bilan shug‘ullanishdan qochish” va “ko‘proq dam olish”ga majbur ekani ham aytilgan. Hozircha bu yangi qoidalar qanday amalga oshirilishi noma’lum.
Belkastroda 1 ming 200 aholining taxminan yarmi 65 yoshdan katta. Yaqin atrofdagi favqulodda tibbiy yordam (A&E) bo‘limi esa 45 km masofada joylashgan va unga faqat soatiga 30 km tezlikda harakatlanadigan yo‘l orqali yetib borish mumkin.
LiveBarchasi