Italiyada yashil rangli kuchukcha tug‘ildi
Bu qiziq
−
23 oktabr 2020 7981 1 daqiqa
Italiyaning Sardiniya orollaridagi fermada yashil mo‘ynali kuchukcha tug‘ildi. Unga Fistashka deb nom berishgan. Bu haqda "Reuters" yozmoqda.
Bunday holatning sababi shundaki, kuchukcha onasining bachadonida biliverdin deb nomlanuvchi yashil pigment bilan aloqa qilgan.
Ta’kidlanishicha, kuchukchaning mo‘ynasi tez orada odatiy rangga qaytadi.
Dastlab fermer xo‘jaligi egasi itlarni tarqatib yuborishni rejalashtirgan, ammo keyin yashil rangda tug‘ilgan kuchukchani o‘zida olib qolishga qaror qilgan.
Fermer pandemiyaning og‘ir paytlarida yashil rang omad va umid ramzini bildiradi, deb hisoblamoqda. U Fistashka insonlar tabassumiga sababchi bo‘lishini istaydi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust