Italiyada koronavirusga chalinish holati pasaydi. Mamlakat kurashning yangi fazasiga o‘tadi
Olam
−
06 aprel 2020
8558Italiyada koronavirus bilan shifoxonaga yotqizilganlar soni epidemiya boshlanganidan beri ilk marta kamaydi. Qurbonlar soni 525 nafarni tashkil etib, ularning umumiy soni 15 887 nafarga yetdi. Bu haqda fuqarolik mudofasi xizmati rahbari Anjelo Borrelli ma’lum qilmoqda.
4 aprel kuni 681 bemor vafot etdi. bu ko‘rsatkchi bir kun oldin 776 nafarni ko‘rsatayotgan edi.
“Bugun ikkita ijobiy natija qayd etildi. Birinchidan, alohida va intensiv terapiya palatalariga yotqizilayotgan bemorlar soni kamaydi. Ikkinchidan infeksiyaga chalinganlar soni kechagi kunga nisbatan 2 972 nafarga pasaydi”, dedi Borelli.
Uning ta’kidlashicha, sog‘ayganlarning umumiy soni 21 815 nafarga yetgan. Har kuni 819 nafar bemor infeksiyadan shifo topmoqda.
Ikkinchi kundirki, intensiv palatadagi bemorlar soni pasaymoqda. Jonlantirish bo‘limidan 17 nafar bemor olib chiqilgan. Shifoxonalarga oddiy joylashtirilganlar soni esa 7 martdan buyon ilk bor, sezilarli kamaygan.
Borellining so‘zlariga ko‘ra, vafot etganlar va tuzalganlarni qo‘shib hisoblaganda, koronavirusga chalinganlarning umumiy soni mamlakat bo‘yicha 128,9 mingni tashkil etmoqda. 4 aprel kuni bu ko‘rsatkich 124,6 mingga tushgan.
Italiya sog‘liqni saqlash oliy instituti (ISS) prezidenti Silvio Bruzaferroning aytishicha, agar ko‘rsatkichlar pasaygani haqidagi ma’lumotlar tasdiqlansa, pandemiyaga qarshi kurashning yangi fazasiga o‘tiladi.
LiveBarchasi