Italiyada ilk bor urib turgan yurak transplantatsiyasi o‘tkazildi

Salomatlik

image

Italiyaning Padua shahrida kardiologlar dunyoda ilk bor ishlayotgan yurakni ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Bu haqda “Messaggero” xabar berdi. 

Qayd etilishicha, mazkur amaliyot yurakning donor bilan bog‘liq jarohatlarini oldini olish va uning ishlash samaradorligini oshirishda muhim yutuq sifatida qayd etilgan. Ushbu noyob operatsiya 65 yoshli bemorda ikki hafta oldin o‘tkazilgan bo‘lib, hozirda uning sog‘lig‘i yaxshi va shifoxonadan chiqishga tayyorlanmoqda. Operatsiyaga rahbarlik qilgan doktor Jino Jeroza odatiy transplantatsiyalardan farqli ravishda bu holatda yurakning urishda davom etgani va butun transplantatsiya jarayoni davomida faol bo‘lib qolganini ta’kidlagan.

Nashrning yozishicha, 1985 yil Padua shahridagi ayni shifoxonda Italiyada ilk yurak ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi ham amalga oshirilgan.

“Mazkur yutuq yurak transplantatsiyasi jarayonini yangi bosqichga olib chiqdi va ushbu texnologiya kelgusida transplantatsiya sohasida muhim ahamiyat kasb etishi kutilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniyada o‘pka saratoniga chalingan 67 yoshli londonlik erkak xalqaro sinov doirasida birinchi bo‘lib saratonga qarshi yangi vaksina olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Italiya yurak transplantatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing