Italiyada ilk bor koronavirusdan sog‘ayganlar soni kasallanganlar sonidan oshdi

Olam

image

Italiyada kunlik koronavirusdan sog‘ayganlar soni birinchi marta kasallanganlar sonidan oshib ketdi. Bu haqda mamlakat fuqaro mudofaasi boshqarmasi boshlig‘i Anjelo Borrelli ma’lum qildi.

Borrellining so‘zlariga ko‘ra, bir sutka davomida mamlakatda 3033 kishi koronavirusdan davolangan. Yangi kasallanganlar soni esa 2646 tani tashkil etgan. Bu mamlakatda epidemiya boshlangandan buyon ilk ijobiy natija hisoblanadi.

Biroq, Italiyada o‘lim darajasi hali ham yuqori. So‘nggi bir kun ichida mamlakatda 464 kishi vafot etdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Italiyada koronavirus bilan bog‘liq 189 973 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 57 576 nafari sog‘aygan, 25 549 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 106 848 kishini tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Italiyada

Baholaganlar

231

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing