Italiya hukumati fuqarolarga yozgi ta’til uchun pul beradi

Olam

image
Italiyaga hayot qaytmoqda – ayrim do‘konlarning ochilishiga ruxsat berildi north_east

Italiyaga hayot qaytmoqda – ayrim do‘konlarning ochilishiga ruxsat berildi

Italiya hukumati yozgi ta’til uchun oilalarga pul to‘lash loyihasi ustida ishlamoqda. Bu haqda bugun, 22 aprel kuni Madaniyat vaziri Dario Francheskini ma’lum qildi.

Taxminlarga ko‘ra, har bir oila uchun to‘lov 500 yevroni tashkil qiladi. Pulni faqat Italiyadagi ta’tilga sarflash mumkin.

Bunday chora bir tomondan kam ta’minlangan oilalarga, boshqa tomondan esa 2020 yilda chet ellik sayyohlarsiz qoladigan Italiyadagi mehmonxonalar egalariga va boshqa turistik infratuzilmalarga yordam berishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, mamlakat aholisining katta qismi hozir ishsiz. Tabiiyki bu keyinchalik mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatadi. Joriy yilning 25 mart kuni qo‘llanilgan koronavirusga qarshi cheklovlar yaqin kunlarda yumshatilishi kutilmoqda. Ba’zi viloyatlarda 9 may kunidan boshlab qator cheklovlar olib tashlanishi ko‘zda tutilmoqda. 7 millionga yaqin ishchi 2 hafta ichida o‘z ish joylariga qaytishi mumkin.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Italiyada koronavirus bilan bog‘liq 183 957 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 51 600 nafari sog‘aygan, 24 648 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 107 709 kishini tashkil qilmoqda.

 

Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Italiyada

Baholaganlar

56

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing