Italiyada banan qutilari orasiga yashirilgan qariyb uch tonna kokain topildi

Olam

image

Italiyada Yevropaning eng qudratli uyushgan jinoiy guruhlaridan biriga tegishli taxminiy qiymati 880 million dollarga baholangan 2,7 tonna kokain musodara qilindi. Bu haqda “Dw.com” xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, Italiyaning Kalabriya shahri politsiyasi portlardan biridan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 2,7 tonna kokainning Armanistonga olib ketilishiga chek qo‘ygan. 

Mazkur operatsiya hududda Ndrangheta uyushgan jinoiy guruhini zaiflashtirishga qaratilgan giyohvand moddalarni yo‘q qilish tadbirlari davomida amalga oshirilgan. 

Xabarlarga ko‘ra, giyohvand modda yuklangan banan konteynerlari Ekvadordan olib kelingan va Gruziyaning Batumi shahri orqali Armanistonga yetkazish maqsad qilingan. Kokain partiyasi maxsus skaner hamda Joel laqabli iskovich it tomonidan topilgan. 

Politsiya so‘nggi bir necha kun ichida yana 600 kilogramm giyohvand modda topilganini ma’lum qilgan. 

Ndrangheta guruhi Yevropadagi eng yirik va qudratli jinoiy sindikat bo‘lib, u o‘nlab yillar davomida Janubiy Amerikadan Yevropaga milliardlab yevrolik kokain tashish bilan shug‘ullangan va bu bo‘yicha Sitsiliya mafiyasini ham ortda qoldirgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiyada jinoiy guruhning ikki a’zosi anglashilmovchilik sabab bir yigitni o‘ldirib, kislotada eritib yuborgani uchun umrbodga qamalishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Italiya mafiya kokain

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing