Italiyada 5 yil oldingi terakt ijrochisining sherigi hibsga olindi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Italiya politsiyasi 2016 yilda Nitssada 86 kishining umriga zomin bo‘lgan terakt ijrochisining sherigini hibsga oldi. Bu haqda ANSA gazetasi yozmoqda.  

Xabarlarga ko‘ra, gumondor 28 yoshli albaniyalik Endri Yelezidir. 

U Italiyaning Kampaniya mintaqasidagi Kazerta viloyati Sparanis shahrida hibsga olingan. 

Erkak 2016 yilda Nitssada sodir bo‘lgan fojia ijrochisi Muhammad Laueyej Bulelga qurol yetkazib berganlikda ayblanib hibsga olingan. 

Ta’kidlanishicha, Fransiya sudi uni hibsga olishga order bergan. 

Yelezi Neapol va Kazerta agentlari tomonidan Antiterror guruhi ma’lumotlari yordamida aniqlangan. 

Ma’lumot o‘rnida, 2016 yilning 14 iyulida Muhammad Laueyej Bulel yuk mashinasini haydab Nitssa qirg‘og‘ida o‘nlab odamlarni bosib o‘tgan. Hodisa natijasida 86 kishi halok bo‘lgan va 434 kishi jarohat olgan.


Maqola muallifi

Teglar

terakt Italiya

Baholaganlar

41

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing