Italiyada 2019 yil sentyabrdagi qon namunalarida koronavirusga qarshi antitana topildi

Olam

image

Italiyada Sars-Cov-2 koronavirus infeksiyasi 2019 yil sentyabr oyidan tarqala boshlaganini isbotlovchi dalillar topildi. O‘sha vaqtda tahlil uchun olingan qon namunalaridan koronavirusga qarshi antitana topildi. Bu haqd “Interfaks” xabar berdi.

“Biz 2019 yil sentyabr va 2020 yil mart oralig‘ida o‘pkasi skrining qilingan 959 kishidan olingan qon namunalarida tahlil o‘tkazdik va koronavirus paydo bo‘lishi bilan aloqador spetsifik antitanalarni o‘rganib chiqdik. Qon namunasi olingan 959 kishining 111 nafarida SARS-Cov-2 RBD antitanalari aniqlandi (11,6 foiz)”, deyilgan Milan onkologiya instituti va Siyena universiteti hisobotida.

Tadqiqot eng ko‘p holatlar Lombardiyada bo‘lganini ko‘rsatgan, keyin Pemont, Latsio, Emiliya-Romanya, Toskana va Venetoda ham bo‘lganini ko‘rsatgan. Demak, COVID-19 ning alomatlarsiz shakli mamlakatda “birinchi bemor” qayd etilishidan avval tarqala boshlagan.

Milandagi “Luiji Sakko” yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Massimo Gali bu virus Italiyada 2019 yil sentyabrdan beri borligiga shubha bildirgan. U nega sentyabrning o‘zida kasallik o‘choqlari yuzaga kelmadi, degan savolni ilgari suryapti.

Bugungi kunda dunyo koronavirus infeksiyasi Xitoy markazidagi Xubey provinsiyasining Uxan shahridan tarqalgan deb hisoblaydi. Ammo kasallikning o‘zi noyabrdan tarqala boshlagani ham aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Italiya koronavirus

Baholaganlar

83

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing