Italiya va Turkiya Yevro-2032 mezbonligiga da’vogarlik qilmoqda

Sport

image

Futbol bo‘yicha 2032 yilgi Yevropa chempionati Italiya va Turkiya maydonlarida o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda “La Repubblica” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, hozircha faqat shu ikki davlat Yevropa chempionatini o‘tkazishga da’vogarlik qilmoqda. Tez orada UEFA Italiya va Turkiyaning qo‘shma arizasini ko‘rib chiqadi.

Qayd etilishicha, agar Italiya va Turkiyaning qo‘shma arizasisi qanoatlantirilsa, har ikki mamlakat chempionat uchun oltitadan stadion ajratadi. Ochilish o‘yini Istanbulda, final Rimda bo‘lib o‘tadi. 

Ta’kidlash joiz, Istanbuldagi “Otaturk” stadionida ortda qolgan mavsum Yevropa Chempionlar ligasi final o‘yini o‘tkazildi. UEFA final yuqori darajada tashkil etilmaganini sabab qilib ko‘rsatib, Yevro-2032 finali mezbonligini Italiyaga berishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Evropa Chempionlar ligasi Italiya Evro-2032

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing