Italiya o‘zining harbiy mutaxassislarini Ukrainaga yubormoqchi

Olam

image

Italiya hukumati Ukrainada urushdan zarar ko‘rgan hududlarni minalardan tozalash uchun o‘zining harbiy mutaxassislarini yuborishga tayyor. Bu haqda “La Repubblica” gazetasi xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Rim qo‘shin yuborishni rejalashtirmayapti, lekin Ukraina yerlariga minalardan tozalovchi guruhni yubormoqchi. Bundan tashqari razvedka ma’lumotlari almashinuvi hamda Italiya harbiy-havo kuchlari orqali havo hududini patrullash kabi boshqa variantlar ham ko‘rib chiqilmoqda.

Qayd etilishicha, mamlakat Tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani Italiya o‘zining quruqlik va dengizdagi tajribasi bilan minalardan tozalash ishlarida muhim hissa qo‘shishi mumkinligini ta’kidlagan. 

Gazetaning eslatishicha, 2022 yilda sobiq bosh vazir Mario Dragi ham Qora dengiz orqali don tashish yo‘llarini minalardan tozalashga Italiya harbiy-dengiz kuchlarini jalb qilishni taklif qilgan edi. Bugun esa vaziyat ancha murakkab. Ukraina hukumati hisobiga ko‘ra, mamlakat hududining qariyb 30 foizi minalardan tozalashni talab qiladi. Ukrainaning sobiq mudofaa vaziri Aleksey Reznikov 2023 yilda bu ish uchun 5 ming mutaxassis va kamida 30 yil kerak bo‘lishini aytgan.

Nashrning qo‘shimcha qilishicha, G‘arb davlatlari 2025 yilning bahoridan beri Ukrainaga xorijiy qo‘shinlar joylashtirish ehtimolini muhokama qilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy Ukraina hududida tinchlikparvar missiyaga qo‘shilishga tayyorligini bildirgandi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa Xitoyning bu jamoaga qo‘shilishini xohlamasligini aytdi. Shu bilan birga, Yevropa davlatlari bo‘lgan Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqalar tinchlikparvar missiyasi doirasida Ukraina tinchligini ta’minlashi mumkin, ammo bu Rossiya va Ukraina o‘rtasida kelishuvga erishilsagina sodir bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Italiya Rim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing