Italiya Prezidenti Ko‘ksaroyda tantanali kutib olindi

Jamiyat

image

Bugun, 10 noyabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan mamlakatda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellani rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha Italiya Prezidenti va uning qizi – mamlakat birinchi ledisini O‘zbekiston Prezidenti va rafiqasi qarshi olgan. 

Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortgan va harbiy orkestr ikki davlat madhiyalarini ijro etgan.

Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutlagan va birgalikda suratga tushishdan so‘ng oliy darajadagi muzokaralarga kirishgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella va uning qizi Laura Mattarella O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ygan edi.

Bundan tashqari, Prezident Serjo Mattarella Samarqand va Xiva shaharlariga tashrif buyurib, O‘zbekistonning madaniy-tarixiy merosi bilan tanishishi rejalashtirilgan


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Italiya Serjo Mattarella Ko'ksaroy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made