Italiya bo‘ylab Kiyevni qo‘llashni to‘xtatishga chaqiruvchi plakatlar paydo bo‘ldi
Olam
−
14 Sentabr
4346Italiyaning qator shaharlarida, jumladan, Rim, Parma, Verona, Modena va Pizada Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatishga chaqiruvchi plakatlar paydo bo‘ldi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, plakatlarni joylashtirish “Sovranita Popolare” siyosiy uyushmasi tomonidan moliyalashtirilgan.
“Ukraina va Isroilga qurol uchun pul berishni bas qiling. Biz tinchlikni xohlaymiz. Biz urushni rad etamiz”, deb yozilgan Rimdagi plakatlardan biriga.
Shuningdek, ular orasida Rossiya va Italiya bayroqlari rangida qo‘l berib ko‘rishgan va shior yozilgan plakat ham mavjud.
“Sovranita Popolare” vakillari jurnalistlarga ko‘pchilik italiyaliklar Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatishga qarshi ekanini aytgan.
Ukrainaning Italiyadagi elchixonasi allaqachon bu hodisalar yuzasidan xavotir bildirgan. Ukraina diplomatlari rasmiylarni mamlakatda reklama ruxsatnomalarini berish tartibini o‘zgartirishga chaqirgan.
LiveBarchasi