Italiya Bosh vaziri Meloni O‘zbekistonga keladi

Jamiyat

image

Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni 25-26 aprel kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekiston Respublikasida bo‘ladi. Bu haqda Italiya hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

Rasmiy xabarda tashrif manzili sifatida Samarqand shahri ko‘rsatilgan.

Ma’lumot uchun, 2023 yil 8 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Italiyaga rasmiy tashrifi doirasida Rimdagi Kiji saroyida Mirziyoyev va Melonining muzokaralari bo‘lib o‘tgan. Shu yili noyabr oyida  Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella O‘zbekistonga kelgan. Italiya Prezidenti ham qizi Laura Mattarella hamrohligida Samarqandga borgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3-4 aprel kunlari Samarqandda Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi birinchi sammiti bo‘lib o‘tgandi. Unda Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari hamda Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta, Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso qatnashdi. Sammit natijasida Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Italiya Jorjiya Meloni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing