IT sohasi bo‘yicha 100 mingga yaqin mutaxassis tayyorlanadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda keyingi besh yil ichida Axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasi bo‘yicha 100 minggacha yangi mutaxassislar tayyorlanadi. Bu Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida belgilangan

Qarorga ko‘ra, axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida yosh mutaxassislarni maqsadli o‘qitishni qo‘llab-quvvatlash va ularni keyinchalik ishga joylashtirish mexanizmi joriy etiladi. 

Unga ko‘ra,  quyidagilar tashkil etilgan:

• AT “Aloqabank” huzurida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida Venchur jamg‘armasi;

• mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida “IT bilimlarni rivojlantirish markazi”.

Qayd etilishicha, axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida keyingi besh yil ichida 100 minggacha yosh mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, ularni keyinchalik ishga joylashtirishda ko‘maklashish Markazning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Unga ko‘ra, har yili 5 yil ichida mutaxassislarning sohada maqsadli tayyorlanishini va ularning startap-loyihalarini moliyalashtirishni tashkil etish uchun Markazga 50 mlrd so‘m miqdorida amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasining yarmidan oshmagan holda qarz ajratiladi va u keyingi 5 yil ichida bosqichma-bosqich qaytariladi.

Vazirlik va tashkilotlar ehtiyojidan kelib chiqib, Markaz tomonidan tanlangan ta’lim tashkilotlari o‘rtasida har yili belgilangan maqsadli parametrlar doirasida tanlangan ta’lim tashkilotlari o‘rtasida har yili belgilangan maqsadli parametrlar doirasida buyurtma shakllantiriladi.

Ta’lim tashkilotlarida maqsadli o‘qish uchun 16 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi nomzod bo‘ladi.

Nomzodlar Markaz tomonidan ta’lim tashkilotlari bilan birgalikda tanlov asosida tanlanadi. 

Tanlab olingan nomzodlar (stipendiatlar) Markaz bilan ularning istiqboldagi daromadlarini ulush tarzida taqsimlash to‘g‘risidagi shartnomani (Income Share Agreement) tuzadi, unga ko‘ra axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida ularning o‘qishini to‘lashga maqsadli qarz taqdim etiladi.

Ma’lumot uchun, stipendiatlar o‘qishni tugatgandan so‘ng maqsadli qarz va ushbu qarz bo‘yicha foizlarni qaytarishga majbur.


Maqola muallifi

Teglar

IT

Baholaganlar

150

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing