It bolasining quloqlarini vahshiylarcha uzib tashlagan shaxs ushlandi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxs kichik it bolasining quloqlarini vahshiylarcha uzib tashlagani aks etgan video tarqaldi. Videoda qonunbuzar it bolasini quloqlaridan ushlab bir necha marta aylantirganI va uning quloqlarini uzib olgani aks etgan. Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu shaxs tegishli xodimlar tomonidan ushlangan. Voqea Surxondaryo viloyatida sodir bo‘lgani aniqlangan. 

Bildirilishicha, holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 111-moddasi (hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar sud organlariga yuborilgan.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida yashovchi fuqaro o‘z itini boqib, parvarishlab, so‘ng so‘yib yegani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing